Forum O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI), Tokio universitetining Osiyoni istiqbolli tadqiqotlar instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumda Yaponiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning yetakchi tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, diplomatik korpus, tegishli vazirlik va idoralar, akademik va ishbilarmon doiralar ishtirok etadi.
Forum doirasida mintaqaviy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan to‘rtta tematik sessiya o‘tkaziladi. Jumladan, «Markaziy Osiyo plyus Yaponiya» formatidagi siyosiy muloqot, barqaror rivojlanish va «yashil» transformatsiya, energetik xavfsizlik va muhim mineral resurslar, transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek, gumanitar hamkorlik, ta’lim va ekspert muloqotini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Forumning birinchi kuni MOHI binosida, ikkinchi kuni esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkaziladi.
Forumning o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil dekabr oyida Tokioda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo plyus Yaponiya» muloqot formatidagi birinchi sammitda ilgari surilgan tashabbusning amaliy ifodasidir.
Yangi ekspertlik platformasini tashkil etish hukumatlararo muloqotni to‘ldirish va Tokio deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga ko‘maklashishga qaratilgan. Shuningdek, Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari, Yaponiya va Ozarbayjonning tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida barqaror professional aloqalarni o‘rnatish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro taraqqiyotning dolzarb masalalari bo‘yicha ekspertlik baholarini almashish uchun maydon vazifasini o‘taydi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Anonslar
22.09.2026
|
230
Toshkentda «Markaziy Osiyo – Yaponiya» tahliliy markazlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 23–24 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yaponiya o‘rtasida ekspertlik hamkorligini rivojlantirish hamda hamkorlikni mustahkamlashning yangi yondashuvlarini shakllantirishga qaratilgan «Markaziy Osiyo – Yaponiya» formatidagi tahliliy markazlarning birinchi forumi bo‘lib o‘tadi.