Nutqlar
24.11.2026
|
57
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori J. Vaxabovning «Olmaota deklaratsiyasi: 35-yillik muloqot, hamkorlik va yaxşi qöşniçilik» xalqaro konferensiyasidagi nutqi
2026-yil 19-noyabr, Olmaota

Hurmatli hamkasblar!

Avvalo, taşkilotçilarga taklif uçun hamda bunday muhim xalqaro konferensiyada iştirok etiş imkoniyatini yaratganlari uçun minnatdorlik bildirmoqçiman.

Olmaota deklaratsiyasining 35-yilligi alohida ramziy ahamiyatga ega. Zero, uşbu sana Markaziy Osiyo tarixidagi muhim yubileylar — davlatlar mustaqilligining 35-yilligi hamda mintaqaning barça mamlakatlari tomonidan e’lon qilingan Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik siyosatining 10-yilligi bilan bir vaqtga töğri kelmoqda.

Deklaratsiyaning 35-yillik yölini sarhisob qiliş Özbekistonning 2027-yilda MDHga raislik qilişga tayyorgarligi nuqtayi nazaridan çuqur pragmatik va amaliy ahamiyat kasb etadi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev MDHning hozirgi şaroitda ham dolzarb va zarur ekanini alohida ta’kidlab kelmoqda.

Avvalgi ma’ruzaçilar ham qayd etganidek, 1991 yilgi Olmaota deklaratsiyasi davlatlararo munosabatlarning asoslarini yaratdi. Uşbu munosabatlar suverenitet, hududiy yaxlitlik, teng huquqlilik hamda içki işlarga aralaşmaslik tamoyillarini hurmat qilişga tayanadi.

Özbekiston uçun ham, Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlari uçun ham uşbu hujjat alohida ahamiyatga ega. Çunki u mustaqillikka erişganidan söng mamlakatimiz imzolagan birinçi muhim köp tomonlama xalqaro bitim böldi.

Uning tarixiy örni yangi davlatlarning mustaqillikka tinç yöl bilan ötişini ta’minlaş, keng kölamli mojarolarning oldini oliş hamda muhim iqtisodiy, transport, energetika va gumanitar aloqalarni saqlab qolişdan iborat.

Şu tariqa, mazkur hujjat postsovet makonida MDH va boşqa integratsiya loyihalarining keyingi rivojlanişi uçun poydevor yaratdi.

Işonç bilan aytiş mumkinki, UŞBU DEKLARATSIYA davr sinovidan munosib ötib, postsovet makoni arxitekturasining asosiy hujjatlaridan biriga aylandi.

Postsovet davlatlarining aksariyati uçun MDH hozir ham davlatlararo muloqot, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş va gumanitar aloqalarni mustahkamlaşning muhim maydoni bölib qolmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida qaraydigan bölsak, 2025-yil yakunlariga köra, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonning jami taşqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining uluşi qariyb 30 foizni taşkil etdi.

2011-yilda taşkil etilgan, töqqizta davlat iştirok etayotgan MDH erkin savdo hududi alohida ahamiyatga ega. U mamlakatimizga aholisi qariyb 240 million kişi bölgan bozorga bojsiz kiriş imkonini beradi. Ayni paytda erkin savdo hududi doirasidagi özaro savdo hajmi qariyb 38 mlrd. dollarni taşkil etmoqda, 2027-yilga borib esa 40 mlrd. dollargaça yetişi kutilmoqda.

Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişda özaro savdoni yengillaştiradigan yagona davlatlararo standartlar, transport yölaklarini rivojlantiriş, şuningdek, energetika sohasidagi hamkorlik ham muhim örin tutadi.

Hamkorlikning gumanitar yönalişi ham şunçalik muhimdir. Vizasiz tartib va insonlar örtasidagi aloqalarning saqlanişi mamlakatlarimiz millionlab fuqarolarining manfaatlariga bevosita daxldor.

Hurmatli iştirokçilar,

Şuni ta’kidlamoqçimanki, xalqaro tizim özgarib borayotgan hozirgi şaroitda, oradan 35-yil ötgan bölsa-da, Olmaota deklaratsiyasi tamoyillari nafaqat öz dolzarbligini saqlab qolmoqda, balki Markaziy Osiyo makonida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Markaziy Osiyoning sönggi yillardagi tajribasi şuni körsatmoqdaki, tamoyillar amaliy hamkorlik, özaro işonç va birgalikdagi harakatlar uçun asos bölgandagina haqiqiy qiymat kasb etadi.

Özaro işonç mustahkamlangani tufayli siyosiy muloqot mintaqaviy rivojlanişning mustaqil resursiga aylandi.

Bundan atigi ön yil avval bugun yaxşi qöşniçilik munosabatlarining tabiiy qismiga aylangan köplab masalalar mintaqa davlatlari uçun jiddiy muammo edi.

Davlatlararo aloqalarni har tomonlama normallaştirişga qaratilgan qarorlar ortida millionlab insonlarning manfaatlari — erkinroq harakatlaniş, qarindoşlik riştalarini saqlaş, savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş imkoniyatlari turar edi.

Şubhasiz, uşbu jarayonlarning eng muhim siyosiy poydevori 2017-yilda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari yölga qöyilgani böldi. Bu ğoya mintaqaning barça mamlakatlari tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Oliy darajadagi muntazam muloqot köplab nozik masalalarni konstruktiv yönalişga buriş, özaro işonçni mustahkamlaş va özaro maqbul yeçimlarni izlaş madaniyatini şakllantiriş imkonini berdi.

Buning natijasida Markaziy Osiyoning mintaqaviy subyekt sifatidagi mavqeyi mustahkamlandi. Bu taşqi dunyodan ajralib qolişni anglatmaydi. Aksinça, davlatlarning öz ustuvor yönalişlarini mustaqil belgilaşi, pozitsiyalarini muvofiqlaştirişi va taşqi şeriklar bilan özaro manfaatli munosabatlar örnatiş qobiliyatini nazarda tutadi.

Mintaqaviy integratsiyaning asosiy harakatlantiruvçi kuçi va tayançi — iqtisodiy kooperatsiya kun tartibidir.

E’tiborlisi, 2025-yil yakunlariga köra, Markaziy Osiyoning beş davlati örtasidagi özaro savdo hajmi 12,3 mlrd. dollarga yetib, 2020-yilga nisbatan qariyb ikki baravar oşdi.

Sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş ham muhim ahamiyatga ega. Bugun mintaqaning turli mamlakatlaridagi korxonalarni yagona mahsulot işlab çiqariş va umumiy işlab çiqariş zanjirlarini şakllantirişga jalb etişni nazarda tutuvçi «Olti iqtisodiyot — bir mahsulot» modeliga ötiş masalasi muhokama qilinmoqda.

Bu borada 2024-yil 9-avgust kuni Ostona şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uçraşuvida qabul qilingan «Markaziy Osiyo — 2040» mintaqaviy kooperatsiyani rivojlantiriş konsepsiyasi muhim strategik asos yaratadi.

Işonçim komilki, Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik va amaliy hamkorlikni mustahkamlaş borasida töplangan tajriba MDHning kengroq makonida ham unga talab bölişi mumkin.

Hurmatli hamkasblar!

Uşbu jarayonlarning barçasi bizni prinsipial savolga olib keladi: 10–15-yildan keyin Markaziy Osiyoni qanday körişni istaymiz?

Xalqaro baholar mintaqaning istiqboliga nekbinlik bilan qaraşga asos beradi. Şu bilan birga, uning kelajagini uçta asosiy omil — demografik özgarişlar, texnologik transformatsiya hamda mintaqaviy integratsiyaning çuqurlaşuvi belgilaydi.

Erişilgan kelişuvlar va davlat rahbarlari qarorlari amalda röyobga çiqarilsa, Markaziy Osiyo mintaqaviy rivojlanişning yangi modelini şakllantiriş uçun barça zarur şart-şaroitlarga ega. Bizningça, bu model törtta asosiy xususiyat bilan belgilanadi.

Birinçidan. Bu yagona iqtisodiy imkoniyatlar makoni böladi. U tovarlar, xizmatlar, kapital va işçi kuçining erkin harakati, şuningdek, savdo, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun tösiqlarsiz muhit şakllanişiga asoslanadi.

Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro valyuta jamğarmasining «Resilient Together» qöşma tahliliy tadqiqotida keltirilgan baholarga köra, rivojlangan iqtisodiyotlar bilan mavjud infratuzilmaviy va tartibga soliş sohasidagi tafovutlarning hatto beşdan bir qismini bartaraf etiş beş-yetti yil içida Markaziy Osiyo mamlakatlari eksportini 60–80 foizga, YAIMni esa 6–10 foiz punktiga oşiriş imkonini berişi mumkin.

Eksportning asosan xomaşyoga tayangan modelidan sanoat kooperatsiyasi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatga ega tovarlar işlab çiqarişga ötiş muhim ustuvor yönaliş bölib qolmoqda.

Ikkinçidan. Bu milliy bozorlarni birlaştiradigan va asosiy xalqaro savdo yönalişlariga çiqişni ta’minlaydigan özaro boğlangan transport-logistika va raqamli tizim böladi.

Markaziy Osiyo Yevroosiyoning asosiy tranzit markazlaridan biriga aylaniş uçun katta salohiyatga ega. Mavjud prognozlarga köra, qöşma infratuzilma loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilsa, 2050-yilga borib tranzit taşuvlari hajmi 3–4 baravar köpayişi, transport-logistika xizmatlaridan olinadigan yillik daromad esa 25–30 mlrd. dollarga yetişi mumkin.

Uşbu salohiyatni röyobga çiqariş uçun mintaqaning barça davlatlari kelişilgan holda harakat qilişi, infratuzilma loyihalarini muvofiqlaştirişi hamda transport va bojxona tartib-taomillarini uyğunlaştirişi zarur. Aks holda, milliy tizimlarning tarqoq rivojlanişi investitsiyalarning takrorlanişiga va mintaqaviy transport yönalişlari samaradorligining pasayişiga olib kelişi mumkin.

Şu bilan birga, istiqbollarimizni faqat Örta koridor bilan çeklab qöymasligimiz kerak. Xalqaro bozorlarga çiqiş uçun qöşimça imkoniyatlar oçadigan Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston temir yöli, Transafğon koridori va «Şimol — Janub» yönalişi ham strategik ahamiyatga ega.

Ayni paytda zamonaviy transport boğliqligini raqamli integratsiyasiz tasavvur etib bölmaydi. Elektron savdo platformalari, raqamli bojxona tartib-taomillari, transçegaraviy ma’lumotlar almaşinuvi va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş mintaqaviy logistika samaradorligini oşirişning muhim şartiga aylanmoqda.

Uçinçidan. Suv-energetika resurslari mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotlarining bir-birini töldirişi uçun asos böladi, davlatlar örtasidagi raqobat predmetiga emas.

Milliy islohotlar amalga oşirilayotganiga qaramay, mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalaniş uçun davlatlararo muloqot va muvofiqlaştirişni yanada çuqurlaştiriş zarurati saqlanib qolmoqda.

Jahon banki baholariga köra, suv resurslarini samarasiz boşqariş 2050-yilga borib Markaziy Osiyo YAIMining 6 foizgaça qisqarişiga olib kelişi mumkin.

Bunday şaroitda Özbekiston Prezidenti tomonidan 2025-yil noyabr oyidagi davlat rahbarlarining VII Maslahat uçraşuvida ilgari surilgan 2026–2036-yillarni Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalaniş böyiça amaliy harakatlar ön yilligi deb e’lon qiliş taşabbusi alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Yana bir muhim yönaliş — mintaqaviy elektr energiyasi bozorini şakllantiriş. Jahon banki baholariga köra, mintaqa mamlakatlari örtasida energetika aloqalarini kuçaytirişning potensial iqtisodiy samarasi 2050-yilga borib 15 mlrd. dollarga yetişi mumkin.

Şu bilan birga, mintaqa Yevroosiyoda qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş markazlaridan biriga aylaniş uçun katta salohiyatga ega. Uşbu sohadagi qöşma loyihalar ortib borayotgan içki talabni qondiriş bilan birga, mintaqaning eksport imkoniyatlarini ham kengaytiradi.

Törtinçidan. Markaziy Osiyo yagona ilm-fan, ta’lim, innovatsiya va texnologiyalar makoni sifatida şakllanişi kerak.

Global texnologik transformatsiya va Markaziy Osiyoning umumiy intellektual makonini şakllantiriş ahamiyati ortib borayotgan şaroitda mintaqaning raqobatbardoşligi inson kapitali sifati bilan belgilanadi.

YUNFPA baholariga köra, 2050-yilga borib Markaziy Osiyoda mehnatga layoqatli yoşdagi aholi soni taxminan 50 milliondan 71 million kişigaça köpayişi mumkin.

Demografik ustunlikni strategik aktivga aylantiriş ta’lim, soğliqni saqlaş, kasbiy tayyorgarlik hamda samarali iş örinlarini yaratişga katta hajmda sarmoya kiritişni talab etadi.

YUNISEFning «2050 avlodi» ma’ruzasiga köra, bolalar salomatligi, ta’limi va rivojlanişiga qöşimça investitsiyalar kiritiş 2050-yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholi jon boşiga töğri keladigan YAIMni bazaviy ssenariyga nisbatan 6–14 foizga oşiriş imkonini berişi mumkin.

Hurmatli hamkasblar!

Xulosa örnida quyidagini ta’kidlamoqçiman.

Bugun Olmaota deklaratsiyasi merosini nafaqat asrab-avaylaş, balki uni XXI asrning çaqiriqlari va imkoniyatlariga javob beradigan yangi mazmun bilan boyitib, yanada rivojlantiriş muhimdir.

Şu nuqtayi nazardan, biz Özbekistonning 2027-yilda MDHga raislik qilişiga alohida ahamiyat qaratamiz. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan raislik şiori — «MDH — işonç va muştarak taraqqiyot makoni» — Hamdöstlik doirasidagi hamkorlikka yangi sur’at bağişlaş va aniq natijalarga erişişga qaratilgan.

E’tiboringiz uçun rahmat!

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn