Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
21.07.2026
|
255
Mintaqa sayyohlari uchun O‘zbekiston eng talabgir yo‘nalishlaridan biri bo'lib bormoqda
2026-yilning dastlabki olti oyida mamlakatga 6,5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga ko‘pdir. Eng katta oqim Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi: Qirg‘iziston (1,87 mln), Qozog‘iston (1,55 mln) va Tojikiston (1,47 mln). Uzoq xorij mamlakatlari orasida esa Rossiya (585,5 ming), Xitoy (223,5 ming) va Turkiya (95,5 ming) yetakchilik qilmoqda. Sayyohlar oqimining barqaror o‘sishi xalqaro miqyosda O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom