Tomonlar siyosiy-diplomatik muloqotni chuqurlashtirish, transport-logistika yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdilar.
Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va kimyo sanoati, energetika hamda elektrotexnika sohalaridagi qo‘shma loyihalar, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz ishbilarmon doiralari va hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va Buyuk ipak yo‘li merosi salohiyatidan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida vazirlar mintaqalararo sheriklikni rivojlantirish va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Batafsil: https://t.me/uzbekmfa/19146
Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
23.10.2026
|
82
Batumida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
23-oktabr kuni Batumida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA Virtual Assistant
Onlayn