Xonimlar va janoblar!
Bugungi konferensiyamiz özaro boğliqlik masalalariga bağişlanganini inobatga olib, barçangiz Toşkentga qiynalmasdan yetib kelganingizga umid qilaman. Aks holda, bugungi muhokamalarimiz davomida körib çiqişimiz lozim bölgan dastlabki masalalarni allaqaçon aniqlab olgan bölsangiz, ajab emas.
Hurmatli Ekaterine Metreveli xonim!
Hurmatli Marsel Ryotig janoblari!
Janobi oliylari, aziz hamkasblar va döstlar!
Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasidagi özaro boğliqlikni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan bugungi konferensiya munosabati bilan barçangizni Markaziy Osiyo xalqaro institutida qutlaşdan mamnunman.
Fursatdan foydalanib, mazkur muhim tadbirni taşkil etişda samarali hamkorlik qilgan hamkorlarimiz – Gruziya strategik va xalqaro tadqiqotlar jamğarmasi hamda Fridrix Ebert nomidagi jamğarmaga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bugungi tadbirimizda Jorjtaun universiteti, Jorj Vaşington universiteti, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti, Yevropa siyosati markazi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniya Marşall jamğarmasi, Estoniya diplomatiya maktabi, şuningdek, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning yetakçi tahliliy markazlari vakillari iştirok etayotganidan alohida mamnunman.
Sizning iştirokingiz mintaqalarimiz örtasidagi özaro boğliqlik masalalariga xalqaro hamjamiyatning qiziqişi ortib borayotganidan dalolat beradi va, şubhasiz, bugungi muhokamalarimizni yanada boyitadi.
Aziz döstlar!
Ön yilliklar davomida Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazga, asosan, yirik davlatlar va iqtisodiy bozorlar örtasidagi geografik joylaşuvi nuqtayi nazaridan qarab kelingan.
Bugungi kunda bu yondaşuv özgarmoqda. Mintaqalarimiz Yevrosiyoning iqtisodiy va geosiyosiy makonini şakllantiriş jarayonining tobora faol iştirokçilariga aylanmoqda.
Geografik joylaşuvimiz özgargani yöq. Biroq undan strategik imkoniyatlar yaratib foydalaniş salohiyatimiz özgardi.
Yangi transport yölaklarining rivojlanişi mintaqalarimizga prinsipial jihatdan muhim imkoniyatni – tanlov imkoniyatini qaytarmoqda. Ya’ni savdo yönalişlari, iqtisodiy hamkorlar va taraqqiyotning ustuvor yönalişlarini tanlaş imkoniyatini.
Xalqaro maydonda noaniqlik tobora ortib borayotgan bir şaroitda bunday moslaşuvçanlik iqtisodiy barqarorlik va strategik mustaqillikni ta’minlaşning muhim omiliga aylanmoqda.
Zero, bizning maqsadimiz bir transport yönalişi yoki hamkorga qaramlikni boşqasiga qaramlik bilan almaştiriş emas, balki barça iştirokçi mamlakatlar uchun qöşimça imkoniyatlar yaratadigan diversifikatsiyalaşgan aloqalar tarmoğini şakllantirişdan iborat bölişi lozim.
Hurmatli hamkasblar!
Mazkur özgarişlar har ikki mintaqada keçayotgan muhim siyosiy jarayonlar bilan mustahkamlanmoqda.
Markaziy Osiyoda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan mintaqaviy siyosat özaro işonç, yaxshi qöşniçilik va amaliy hamkorlikning sifat jihatidan yangi muhitini şakllantirişga xizmat qildi.
2025-yil noyabr oyida Ozarbayjonning Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik formatiga qöşilişi alohida tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Ötgan oy Avaza şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VIII Maslahat uçraşuvi Ozarbayjon tölaqonli a’zo sifatida iştirok etgan ilk sammit böldi.
Mazkur sammitda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev infratuzilmani muvofiqlaştirilgan holda rivojlantiriş va qöşma sanoat qiymat zanjirlarini yaratishga asoslangan yagona mintaqalararo hamkorlik makonini şakllantiriş ğoyasini ilgari surdi.
Uşbu strategik qarash Janubiy Kavkaz mamlakatlari bilan munosabatlarimizda özining amaliy ifodasini topmoqda.
Joriy yilning iyul oyida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Gruziyaga yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida ilk bor amalga oşirgan tarixiy davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa oçib, ularning strategik şeriklik darajasiga kötarilişiga zamin yaratdi.
Transport sohasidagi özaro boğliqlikni rivojlantiriş, jumladan, Gruziyaning Qora dengiz portlari imkoniyatlaridan kengroq foydalaniş hamda “Boku – Tbilisi – Kars” temir yöl magistralini “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli bilan boğlaş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Sönggi loyiha, ayniqsa, katta istiqbollarni oçib bermoqda.
Bir tomondan, mazkur temir yölning rejalashtirilayotgan Transafğon temir yöli bilan boğlanişi Xitoy va Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo hamda Hind okeani bilan boğlovçi yangi transport yönalişini şakllantiriş imkonini beradi.
Ikkinçi tomondan, uning Kaspiy dengizi, Ozarbayjon va Gruziya orqali ötuvçi Örta yölak bilan integratsiyalaşuvi Yevropa bozorlariga çiqiş uchun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
Yaqin strategik şerigimiz va ittifoqçimiz bölgan Ozarbayjon bilan munosabatlarimiz ham sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Joriy yilning avgust oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Toşkentga davlat taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi örtasida abadiy döstlik töğrisidagi tarixiy Şartnoma imzolandi hamda qator qöşma loyihalarni amalga oşirişga start berildi.
Armaniston bilan munosabatlarimiz ham izçil rivojlanmoqda. Ötgan oy Avaza şahrida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev va Boş vazir Nikol Paşinyan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar.
Şuningdek, Özbekiston Armaniston va Ozarbayjon örtasida tinçlikka erişiş yölida qölga kiritilayotgan natijalarni olqişlaydi. Bu, öz navbatida, mintaqaviy özaro boğliqlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Xonimlar va janoblar!
Örta yölakning rivojlanişi yuz berayotgan mazkur özgarişlarning eng yaqqol ifodasidir.
Jahon banki hisob-kitoblariga köra, maqsadli investitsiyalar yönaltirilişi va muvofiqlaştiriş samaradorligining oşirilişi 2040-yilga borib uşbu yölak böylab savdo hajmini uç baravardan ziyod köpaytiriş hamda yuk taşiş muddatlarini ikki baravarga qisqartiriş imkonini berişi mumkin.
Örta yölakning ortib borayotgan ahamiyati 19-oktabr kuni Samarqandda bölib ötgan “C5+1” formatidagi vazirlar uçraşuvida ham öz aksini topdi.
Uçraşuv davomida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Transkaspiy transport infratuzilmasini rivojlantiriş va xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş zarurligini ta’kidladi.
Yana bir muhim voqea 23-oktabr kuni Batumi şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya taşqi işlar vazirlarining birinçi uçraşuvi bölib ötganidir.
Vazirlar Örta yölakni rivojlantiriş, transport infratuzilmasini takomillaştiriş, tranzit tartib-taomillarini soddalaştiriş hamda mintaqalarimiz örtasidagi savdo aloqalarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar.
Sönggi vaqtlarda “Xalqaro tinçlik va farovonlik yölidagi Tramp marshruti” (TRIPP) deb nomlangan taşabbus keng muhokama qilinmoqda. Mazkur yönaliş Ozarbayjon, Armaniston va Turkiyani Yevropa bozorlari bilan boğlovçi qöşimça transport aloqasini ta’minlaşi mumkin.
Eng muhimi, TRIPP Örta yölak va Gruziya hududi orqali ötuvçi transport yönalişlari bilan raqobatlaşmasligi, aksinça, ularni töldiriş orqali işbilarmon doiralar va iştirokçi mamlakatlar uchun qöşimça imkoniyatlar yaratişi lozim.
Biroq infratuzilmaning özini rivojlantiriş yetarli emas. Transport yölaklarining samarali faoliyat yuritişi bojxona tartib-taomillarini uyğunlaştiriş, raqamli tizimlarning özaro muvofiqligini ta’minlaş, barqaror va oldindan prognoz qilish mumkin bölgan tranzit qoidalarini joriy etiş hamda iştirokçi mamlakatlar örtasida samarali muvofiqlaştiriş mexanizmlarini yölga qöyişni talab etadi.
Şu bilan birga, özaro boğliqlikni rivojlantiriş faqat tranzitdan daromad oliş bilan çeklanib qolmasligi kerak.
U sanoat kooperatsiyasini rağbatlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş va bevosita mintaqalarimizda yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratişga xizmat qilişi zarur.
Biz tranzit uchun özaro boğliqlikdan taraqqiyot uchun özaro boğliqlikka ötişimiz lozim.
Hurmatli hamkasblar!
Yuz berayotgan mazkur jarayonlar oldimizga qator muhim savollarni qöymoqda. Umid qilamanki, ular bugungi muhokamalarimizning asosiy mavzulariga aylanadi.
Şakllanayotgan yangi transport yönalişlarining bir-biridan ajralgan va özaro raqobatlaşuvçi loyihalar sifatida emas, balki bir-birini töldiruvçi yölaklar sifatida rivojlanişini qanday ta’minlaşimiz mumkin?
Mamlakatlarimizga infratuzilmaviy investitsiyalarni muvofiqlaştiriş, chegaradan ötiş tartib-taomillarini soddalaştiriş va xususiy kapitalni jalb etişda qanday amaliy mexanizmlar yordam berişi mumkin?
Ortib borayotgan özaro boğliqlikni qanday qilib uzoq muddatli iqtisodiy manfaatlarga aylantiriş va ayni paytda mintaqalarimizda tinçlik, barqarorlik hamda hamkorlikni mustahkamlaş mumkin?
Oçilayotgan mazkur imkoniyatlarni amaliy tavsiyalar va aniq taşabbuslarga aylantirişda ekspert-tahliliy hamjamiyatlarimiz ham muhim örin tutadi.
Janobi oliylari, xonimlar va janoblar!
Konferensiyamiz nomida bugungi kun uchun dolzarb bölgan savol mujassam – “Istiqbolda bizni nima kutmoqda?”
Işonçim komilki, bu savolning javobi nafaqat xalqaro vaziyatning qanday rivojlanişiga, balki mamlakatlarimiz qabul qiladigan qarorlar va birgalikda harakat qiliş salohiyatimizga ham boğliq böladi.
Yana bir bor hurmatli hamkorlarimiz va mehmonlarimizga bugungi tadbirda iştirok etayotganliklari uchun minnatdorlik bildiraman.
Barçangizga samarali muhokamalar tilab, konferensiyamiz işiga muvaffaqiyatlar yor bölişini istayman.
E’tiboringiz uchun rahmat!