Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, shuningdek, ekspertlar muloqotini yanada faollashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Javlon Vaxabov O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil sur’atlarda rivojlanayotganini yuqori baholadi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar iqtisodiyot, ta’lim, inson kapitalini rivojlantirish hamda mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratayotgani alohida ta’kidlandi.
Smita Pant Hindiston Markaziy Osiyoda kechayotgan integratsiya jarayonlariga katta ahamiyat qaratayotganini ta’kidlab, O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi faol va konstruktiv rolini yuqori baholadi.
Uchrashuvda «Markaziy Osiyo – Hindiston» muloqot formatini ekspert-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xususan, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ekspertlar maslahatlashuvlarini tashkil etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Ekspertlar hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida SHHT doirasidagi tahliliy markazlar o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni yanada mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, MOXI hamda Hindistonning tegishli tahliliy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Ma’lumot uchun: : «Markaziy Osiyo – Hindiston» muloqot formati 2019-yilda Markaziy Osiyoning besh davlati bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ta’sis etilgan. Ushbu format doirasidagi birinchi sammit 2022-yil 27-yanvar kuni virtual tarzda o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi sammit 2025-yil 6-iyun kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan.