O’ZBEKISTON
18.08.2026
O‘zbekistondan mehnat migratsiyasi geografiyasi o‘zgarmoqda: MDH mamlakatlarining ulushi kamayib, Yevropa va Sharqiy Osiyo yo‘nalishlari esa o‘sib bormoqda.
Markaziy bank sharhida keltirilgan Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1,4 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi qariyb 40 ta mamlakatda mehnat qilmoqda. Bunda MDH mamlakatlari bo‘yicha ko‘rsatkich 29 foizga kamaygan bo‘lsa, Yevropa mintaqasi bo‘yicha 42 foizga, Sharqiy Osiyo bo‘yicha esa 26 foizga oshgan. Bugungi kunda Yevropa mamlakatlarida 258 ming nafar fuqaro ishlamoqda.