TOJIKISTON
05.02.2026
"Starlink" Markaziy Osiyoda o‘z faoliyatini kengaytirmoqda
Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Tojikistonda ishga tushdi. Birinchi o'rinda tog‘li va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardagi bir qator muassasalarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Chunki bu joylarda yer usti aloqa infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan. Natijada ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalliy boshqaruv tizimida raqamli xizmatlardan foydalanish osonlashishi kutilmoqda.