Institut o‘z faoliyatini 2021 yilda boshlaganidan buyon barcha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga bag‘ishlab kelmoqda.
MOXI maqsadi xavfsiz, farovon va barqaror Markaziy Osiyo uchun umumiy qadriyatlarimiz va umumiy manfaatlarimiz asosida hamkorlik orqali tinchlik hamda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Bizning ustuvor tadqiqot yo‘nalishlarimiz:
- mintaqadagi siyosiy va ijtimoiy dinamika, xavfsizlik va barqarorlik;
- transport tarmoqlarini diversifikatsiya qilish va mintaqani xorijiy biznes hamda investitsiyalar uchun jozibador qilish orqali iqtisodiy barqarorlik va mintaqaviy bog‘lanish;
- suvni boshqarish muammolari, iqlim o'zgarishining ta'siri va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylash, mintaqada gumanitar fanlarni rivojlantirish.
Biz MO+Yaponiya, MO+Koreya, MO+AQSh, MO+Rossiya, MO+Hindiston, MO+Italiya, MO+Xitoy, MO+Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi, MO+YI, MO+Germaniya kabi asosiy davlatlarni oʻz ichiga olgan oʻnta formatdan iborat C5+1 doirasida faol hamkorlik qilamiz. Ushbu platformalar muntazam muloqot tashabbuslari orqali hamkorlikni rivojlantirish yo'llari bo'lib xizmat qiladi.
Shuningdek, biz Markaziy Osiyo va undan tashqaridagi yetakchi tadqiqot tashkilotlari bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga, shuningdek, Markaziy Osiyoni o‘rganishga e’tibor qaratuvchi olimlar, tadqiqotchilar hamda ekspertlar o‘rtasida doimiy muloqotni davom ettirishga intilamiz.
MOXIga uning direktori, O‘zbekiston Respublikasining AQSh, Kanada va Braziliyadagi sobiq elchisi Javlon Vahobov rahbarlik qiladi.