QIRG’IZISTON
22.07.2026
Qirg‘izistonga sayyohlar oqimi o‘sishda davom etmoqda
Turizmni rivojlantirish davlat agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillardagi o‘sish sur’ati buning yaqqol isbotidir: 2023-yil — 8 millionga yaqin, 2024-yil — 8,6 million, 2025-yil — 10,5 million sayyoh. Prezident Sadir Japarovning ta’kidlashicha, bugungi kunda mamlakatga har yili 13 millionga yaqin kishi tashrif buyurmoqda. Bu mamlakat aholisining o‘zidan deyarli ikki baravar ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotning 4–5 foizga o‘sishiga bevosita hissa qo‘shmoqda.