Tomonlar Markaziy Osiyo va Yaponiya tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, ekspertlar muloqotini chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.
J.Vaxabov 2025-yil dekabr oyida Tokioda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi ilk sammit mintaqa davlatlari va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanini, bu esa tahliliy va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirish zaruratini yuzaga keltirayotganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Jin Sato ekspertlar hamkorligining roli ortib borayotganini qayd etib, qo‘shma tadqiqotlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilishi lozimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ekspertlar hamkorligini yanada rivojlantirish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.
1941-yilda tashkil etilgan Tokio universiteti huzuridagi Istiqbolli Osiyo tadqiqotlari instituti Yaponiyaning Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi “aql markazlari”dan biri hisoblanadi. Institutning tadqiqot faoliyati Shimoliy Afrikadan Yaponiyagacha bo‘lgan keng mintaqani, jumladan Markaziy Osiyoni ham qamrab oladi.