Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati, shuningdek, ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat boshida, J. Vaxabov Toshkent va Tokio o‘rtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, ular 2025-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti yakunlari asosida yangi sur’at kasb etganini ta’kidladi.
Shu nuqtayi nazardan, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida ekspertlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
O‘z navbatida, K. Xirata O‘zbekiston va Yaponiya tahliliy markazlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarning ahamiyatini ta’kidlab, ularning o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish va qo‘shma ishlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishdagi roliga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan Forumga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar tahlil markazlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda Forumga muntazam tus berishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.