Voqealar
26.09.2026
|
534
MOXI ICTWEEK Uzbekistan 2026da
Joriy yilning 22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida ICTWEEK Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir davlat tashkilotlari, biznes, xalqaro kompaniyalar hamda ekspertlar hamjamiyati vakillarini birlashtiruvchi mamlakatimizdagi eng yirik texnologik platformalardan biri hisoblanadi.

Bu yilgi ICTWEEK qariyb 25 ming nafar ishtirokchi, 51 mamlakatdan 300 dan ortiq kompaniya hamda 200 ga yaqin spiker va ekspertni bir maydonda jamladi. Muhokamalar markazidan sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, innovatsion ekotizimlar, startaplar va raqamli iqtisodiyotning yangi modellari o‘rin oldi.



ICTWEEK Uzbekistan 2026 tadbirlarida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) vakillari ham ishtirok etdi.



Institut uchun bunday platformalarda ishtirok etish, avvalo, bugungi kunda iqtisodiyot, davlat boshqaruvi va xalqaro hamkorlikni o‘zgartirib borayotgan texnologik jarayonlarni yaqindan kuzatish, shuningdek, ularning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo uchun qanday ahamiyat kasb etayotganini baholash imkonini beradi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom