O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Voqealar
29.08.2026
|
361
MOXI O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonladi
Markaziy Osiyo xalqaro institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Institut rahbariyati va jamoasi ishtirok etdi.

Tadbir davomida mustaqillikning mamlakat suveren taraqqiyot yo‘lini belgilab bergani hamda uning xalqaro munosabatlarning mustaqil ishtirokchisi sifatida shakllanishidagi tarixiy ahamiyati qayd etildi.

So‘nggi yillardagi islohotlar natijalari, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash, shuningdek, mamlakat rahbariyatining Markaziy Osiyoda mintaqaviy jipslikni kuchaytirishga xizmat qilayotgan yaxshi qo‘shnichilik siyosatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida davlatimiz rahbarining Farmoni bilan ta’sis etilgan “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Institutning bir qator xodimlari o‘zlarining halol mehnati, professionalligi hamda islohotlarni ilmiy-tahliliy jihatdan ta’minlash, ekspertlar muloqotini rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni tayyorlash va Markaziy Osiyo kun tartibini xalqaro maydonlarda ilgari surishga qo‘shgan hissalari uchun mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Xodimlar mehnatining yuqori baholanishi butun jamoa uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, Institutning tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish va uning amaliy ahamiyatini oshirishda alohida mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi.

Tadbir davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yo‘llangan tabriklar hamda institut jamoasiga O‘zbekistonning yanada rivojlanishi va farovonligi yo‘lidagi ishlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilash bilan yakunlandi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom