Tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşdi. Şuningdek, ikki tadqiqot tuzilmasi örtasida ekspertlik hamkorligini rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuvda yapon ekspertlari mintaqaviy hamkorlik izçil rivojlanayotgani va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganini qayd etdi. Ular mintaqa davlatlari xalqaro hamkorlar bilan konstruktiv munosabatlarni saqlaşga qaratilgan muvozanatli taşqi siyosat olib borayotganini muhim deb baholadi.
Transport-logistika yönalişlarini, jumladan Örta koridorni rivojlantiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanişiça, uşbu yölak mintaqaning transport boğliqligini kuçaytiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş hamda Markaziy Osiyoning xalqaro transport zanjirlaridagi rolini oşiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
Uçraşuv yakunida tomonlar muntazam ekspertlik muloqotini davom ettiriş hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari böyiça fikr almaşişni davom ettirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Sumitomo Corporation Global Research (SCGR) Yaponiyaning Sumitomo Corporation tarkibidagi tadqiqot bölinmasi bölib, kompaniya rahbariyati va biznes bölinmalari uçun tahliliy materiallar tayyorlaydi.