Uchrashuv davomida tomonlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Fransiyaga amalga oshirgan davlat tashrifining natijalarini muhokama qildilar, bu tashrif O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini va strategik hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi ufqlarni ochdi.

E. Dyupi, ushbu tashrif Fransiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalar rivojlanishda Fransiya Prezidenti Emanuel Makronning 2023-yil noyabrida Qozog‘iston va O‘zbekistonga rasmiy tashriflarining mantiqiy davomiligini, hamda Fransiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga bo‘lgan o‘zaro intilishni ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, E. Dyupi Fransiya, Yevropa Ittifoqining asoschisi bo‘lgan davlatlardan biri sifatida, aynan hozirda Markaziy Osiyoda yuz berayotgan jarayonlarga o‘xshash integratsiya va hamkorlik jarayonlarni o‘tganligini ta'kidladi. U IPSE va MOXI kabi tahlil markazlaridan tajriba almashish va ekspert qo‘llab-quvvatlashning mintaqaviy tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda va Yevropa bilan Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda katta yordam berishiga ishonchini bildirdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, bunday diplomatik tashabbuslarning uzoq muddatli samaradorligini ta'minlash uchun tahliliy markazlarning ilmiy yordami talab qilinadi, ular ekspert baholarini shakllantiradi, tavsiyalar ishlab chiqadi va strategik qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Shu nuqtada, o‘zaro manfaatli masalalarda qo‘shma forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va konsultatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi, bu ham muloqotni kengaytirish, tajriba almashish va ikki tahlil markazi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

Uchrashuv yakuni sifatida J. Vahabov va E. Dyupi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar, bu MOXI va IPSE o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik va ekspert aloqalarini yanada mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratadi.
IPSE – 1998-yilda tashkil topgan va Parijda joylashgan tahlil markazi bo‘lib, xalqaro xavfsizlik, diplomatiya, jamoat rivojlanishi masalalari va geosiyosat bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Shu bilan birga, institut tadqiqotlar o‘tkazadi, seminarlari tashkil etadi va tahliliy ishlar nashr etadi, milliy va evropalik siyosatchilar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.