Voqealar
27.10.2026
|
590
MOXI va Xitoy instituti 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasini imzoladi
2026-yil 20-oktabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Javlon Vahobov va Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti (XIJFA RShEMOI) direktori Sun Chjuanchji 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasini imzoladi.

Javlon Vahobov Reja «Markaziy Osiyo – Xitoy» formati doirasida qo‘shma tahliliy tadqiqotlar o‘tkazishni nazarda tutishini ta’kidladi. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida u 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammitga ekspertlik takliflarini tayyorlashni alohida qayd etdi.

Sun Chjuanchji RShEMOIning MOXI bilan akademik almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorligini tasdiqladi. Bu XIJFA professorlarining MOXIda mehmon ma’ruzalari, MOXI ilmiy xodimlarining XIJFAning tegishli institutlari va universitetlarida stajirovkalari, shuningdek, ilmiy nashrlar va tahliliy materiallar almashinuvini o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish va hududlarni rivojlantirish sohasidagi tajriba almashish, shuningdek, yoshlar va ta’lim siyosati sohasidagi hamkorlik, jumladan, yosh olimlarning qo‘shma ekspert tadbirlaridagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Yevrosiyodagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar jarayonlarni o‘rganishga ixtisoslashgan tarmoq ilmiy-tadqiqot bo‘linmasi hisoblanadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn