Voqealar
27.05.2026
|
419
MOXIda “Caps Unlock” ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7-may kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) «Caps Unlock» ijrochi direktori Aida Aidarkulova, grantlar bo‘yicha katta menejer Askar Kushkunbayev, shuningdek «Mongoliya ochiq jamiyati» jamg‘armasi ijrochi direktori Jargal Perenley bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mintaqaviy rivojlanish, Markaziy Osiyo kun tartibini xalqaro maydonda ilgari surish hamda tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ekspertlar Markaziy Osiyoning zamonaviy rivojlanish bosqichini yuqori baholab, uni «keng ko‘lamli mintaqaviy transformatsiya» davri sifatida tavsifladilar. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning siyosati Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning institutsional asoslarini shakllantirish yo‘lida muhim siljishlarga erishish imkonini berganligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilar iqlim ta’limini rivojlantirish, Markaziy Osiyoning texnologik barqarorligini mustahkamlash maqsadida internet-xablarni diversifikatsiya qilish, shuningdek ilmiy-tadqiqot hamkorligini kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar ekspertlik-tahliliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va professional aloqalarni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekaniliklarini tasdiqladilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom