O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Voqealar
21.09.2026
|
365
MOXIda Iroq tahliliy markazi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 17-sentyabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Iroq strategik tadqiqotlar markazi (NCSS) prezidenti Al Nasser Bunyan bilan onlayn-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, ikki mamlakat tahliliy markazlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv avvalida direktor Javlon Vaxabov NCSS vakillarini MOXI faoliyati, uning maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi zamonaviy hamkorlik jarayonlari va mintaqa davlatlarining "MO+" platformasi doirasidagi o‘zaro hamkorligi haqida ma’lumot berdi.

NCSS rahbari N. Bunyan Iroq va O‘zbekiston chuqur tarixiy va madaniy aloqalarga ega ekanligini, bu esa hamkorlikni kengaytirish uchun qulay sharoit yaratishini ta’kidladi.

Markaz rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda tadqiqot va tahliliy tuzilmalarning faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qo‘shma ekspertlar tadbirlarini tashkil etish va ilmiy-tadqiqotlar olib borish belgilandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

2012-yilda Bag‘dod shahrida tashkil etilgan Iroq strategik tadqiqotlar markazi (NCSS) xavfsizlik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, energetika, transport, suv resurslari, iqlim masalalari va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom