Voqealar
17.11.2026
|
207
MOXIda Isroil davlati Taşqi işlar vazirligi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi
12-noyabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Isroil Davlati Taşqi işlar vazirligi Boş direktori örinbosari Y. Fuks boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi. Delegatsiyaga Isroilning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi G. Lustig hamrohlik qildi.
Uçraşuv davomida Isroil delegatsiyasi MOXI faoliyatining asosiy yönalişlari bilan taniştirildi.
Markaziy Osiyodagi zamonaviy integratsiya jarayonlari, mintaqaviy hamkorlikning asosiy formatlari hamda “C5+1” xalqaro muloqot platformasi yuzasidan fikr almaşildi.
Markaziy Osiyoda transport-logistika özaro boğliqligini mustahkamlaş va mintaqaviy transport yölaklarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar böyiça ikki mamlakat tahlil institutlari örtasidagi ekspertlik hamkorligini rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.