Tadbirda Yevropa, Osiyo, Markaziy Osiyo va AQSHning 10dan ortiq mamlakatlaridan, jumladan, Andrashi nomidagi Budapesht universiteti (AUB), Grenobl siyosiy tadqiqotlar instituti (Sciences Po Grenoble), Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS), Myunxen Lyudvig-Maksimilian universiteti (LMU), Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti (INALCO, Parij), Pensilvaniya universiteti, Regensburg universiteti, Rim LUISS universiteti, Javaharlal Neru universiteti (Nyu-Dehli), Xankuk chet tillari universiteti (HUFS), Sun Yatsen universiteti, Sent-Endryus universiteti, London universitet kolleji (UCL), London universiteti Sharqshunoslik va afrikashunoslik maktabi (SOAS) va Varshava universiteti kabi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan 20 dan ortiq yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
O‘z nutqida J. Vaxabov tinglovchilarga MOXI faoliyati, uning mintaqaviy tadqiqotlarni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, institutning mintaqada ko‘p tomonlama muloqot va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor ilmiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.
Mintaqadagi davlatlararo hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari - savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish va yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, energetika sohasidagi hamkorlik, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu ma’noda, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari, jumladan, Ozarbayjonning ushbu formatdagi ishtiroki sarhisob qilindi.
Tadbir yakunida ochiq fikr almashuv bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar Markaziy Osiyoni mintaqaviy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.