Tomonlar Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Suhbat davomida Yaponiya tomoni Markaziy Osiyoda mintaqaviy aloqalarning izchil rivojlanib borayotgani qator sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdi.
Shu nuqtayi nazardan, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi bir qator murakkab masalalarni hal etish, shuningdek, transport, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan izchil yaxshi qo‘shnichilik siyosatining natijalari alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida muntazam ekspertlik muloqotini davom ettirish va akademik almashinuvlarni kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.