Tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini, shuningdek, 16–17-sentyabr kunlari Seulda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” birinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ekspert va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Shu bilan birgalikda sun’iy intellekt, strategik minerallar va noyob metallar, texnologik kooperatsiya hamda malakali kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat avvalida Javlon Vaxabov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholab, hamkorlikning barqaror dinamikasi va amaliy kun tartibi izchil kengayib borayotganini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak sammit o‘zaro hamkorlikning kelgusi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qo‘shimcha turtki berish imkonini yaratadi.
O‘z navbatida, Chjon Xan Bom Koreya Respublikasining hamkorlikni rivojlantirishdan uzoq muddatli manfaatdorligini va Koreya ekspert-tahliliy hamjamiyatining mintaqaga qiziqishi ortib bormoqdaligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar MOXI va KAIS o‘rtasidagi ekspert-tahliliy hamkorlikni, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar va tadbirlar o‘tkazish orqali rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
1956-yilda tashkil etilgan Koreya xalqaro tadqiqotlar assotsiatsiyasi (KAIS) Koreya Respublikasining xalqaro munosabatlar sohasidagi yetakchi professional birlashmalaridan biridir.