Voqealar
27.07.2026
|
314
MOXIda Niderlandiya Mudofaa vazirligi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-iyul kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Niderlandiya Mudofaa vazirligi Fuqarolik-harbiy hamkorlik qo‘mondonligi Madaniyat bo‘limi tadqiqotchisi Marko Virs bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, ekspertlar muloqotini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish, transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, shuningdek, akademik mobillik va gumanitar hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni mustahkamlash va muntazam ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom