Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
MOXI direktori Javlon Vaxabov 2021-yilda O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilishi ikki tomonlama muloqotning chuqur tizimli transformatsiyasini ta’minlaganini ta’kidladi.
Hamkorlikning hozirgi dinamikasi tomonlarning o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikni rivojlantirishga intilishini ko‘rsatadi, bu esa asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish uchun barqaror poydevor yaratish imkonini beradi.
Ahmad Faruk ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlab, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish, raqamli transformatsiyani ilgari surish va transport-logistika aloqalarini mustahkamlash muhim masalalar sifatida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini, shu jumladan ekspertlar hamkorligi va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy-tahliliy aloqalarni kengaytirish orqali yanada rivojlantirish muhimligini tasdiqladilar.