Yaponiya delegatsiyasi tarkibidan, shuningdek, Milliy siyosiy tadqiqotlar instituti (MSTI), Kyushu universiteti hamda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti (RII) vakillari o‘rin oldi.
Tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, Markaziy Osiyoning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini, shuningdek, O‘zbekiston–Yaponiya ekspert hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv boshida J. Vaxabov MOXI faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini taqdim etib, Institutning ekspertlar muloqotini rivojlantirish hamda “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. J.Vaxabov MOXI faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini taqdim etib, Institutning ekspertlar muloqotini rivojlantirish hamda «Markaziy Osiyo plyus» formatlari doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Shu nuqtai nazardan, MOXI direktori yapon tadqiqotchilarini joriy yilning 23–24-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi “Markaziy Osiyo – Yaponiya” tahlil markazlari forumida ishtirok etishga taklif qildi.
O‘z navbatida, yapon ekspertlari Forumni o‘tkazish tashabbusini yuqori baholab, uni ekspertlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun yangi platforma sifatida e’tirof etdilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik almashinuvlarni kengaytirish hamda ikki davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.