Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
01.05.2023
|
67
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazdi
Prezident Q.-J.Toqayev raisligida Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Mudofaa vaziri R.Jaqsiliqov va bir qator vakolatli davlat organlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Xavfsizlik kengashi qo‘shinlarning moddiy-texnik va kadrlar ta’minotini kuchaytirish, harbiy xizmat nufuzini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qildi.