O‘tgan yilning 11 oyida 2021 yilning shu davriga nisbatan 46 ming tonnaga ortiq, qariyb 121,6 ming tonna shakar import qilindi.
Import ko‘lami 3,3 baravarga o‘sib, 76 million dollarga yetdi. Shakarning o‘rtacha tannarxi har tonnasiga 507 dollardan 624 dollargacha oshdi.
Mamlakatlar kesimida olib qaralganda, shakarning eng yirik qismi Braziliya va Hindistondan import qilinadi. Bundan avval Rossiya eng yirik yetkazib beruvchi edi.
Biroq 2022 yil mart oyida Moskva 2022 yil 31 avgustgacha shakar eksportiga cheklov qo‘ydi. Ushbu cheklov joriy qilinganidan keyin Rossiyadan 2,4 ming tonna miqdorida yetkazib berilgan. Shuningdek, may oyidan boshlab Qirg‘izistonga Braziliyadan qamish shakar, Hindistondan oq shakar importi yo‘lga qo‘yildi.