Air Astana o‘z parkini Airbus A320 va Boyeing 787 Dreamliner kabi yangi avlod samolyotlari bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Bu samolyotlar mamlakatga 2025 yilda keltiriladi.
Piter Foster kompaniyaning arzon bo‘lgan Fly Arystan sho‘’ba korxonasi istiqbollari va 2024 yilda IPOga tayyorgarlik haqida ma’lum qildi.
Prezident Air Astana faoliyatini ijobiy baholab, kompaniyaning samolyotlar sonini ko‘paytirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish strategiyasiga ijobiy baho berdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida aviakompaniyaning yo‘lovchilar sonini oshirishga qaratilgan narx siyosati muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Q.-J. Toqayev Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi prezidenti T.Turlovni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida Uchrashuvda mamlakatda shaxmatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qasim-Jomart Toqayevga yaqinda xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan tashkil etilgan xalqaro musobaqalar natijalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Timur Turlov federatsiyaning kelajak rejasi haqida gapirdi. Xususan, federatsiya mamlakatdagi shaxmat seksiyalari sonini ikki marta, ya’ni 7 mingdan 14 minggacha, shu bilan intellektual millatni shakllantirishga hissa qo‘shishda davom etmoqda. Federatsiya, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi yetakchilarining salohiyatini namoyish etish, yangi chempionlarni yetishtirishga xizmat qiladi.