Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
11.05.2023
|
112
Davlat rahbari Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruv raisini qabul qildi
Q.-J. Toqayev Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi N.Podguzovni qabul qildi.

Uchrashuvda Prezident Q.-J. Toqayevga Yevroosiyo taraqqiyot banki (YETB) faoliyati yakunlari va Qozog‘iston bilan kelgusidagi hamkorlik rejasi, shuningdek, bankning kelgusi davr uchun prognozlari haqida ma’lumot berdi.

Joriy yilda bank mamlakatga 1,1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritib, Qozog‘iston loyihalariga xalqaro investitsiyalarni jalb etishga ta’sir ko‘rsatish niyatida. Transport infratuzilmasi va logistika, sanoat, agrosanoat kompleksi, yashil energiya va suv resurslari kabi sohalarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

N.Podguzovning aytishicha, o‘tgan yili Yevroosiyo taraqqiyot banki Qozog‘istonga kiritilayotgan sarmoya miqdorini 2021 yilga nisbatan 5 barobarga oshirib, 1,2 milliard dollarga yetkazgan va barcha rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan oshib ketgan.

Davlat rahbariga  xalqaro integratsiya loyihalari amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi. Xususan, Ayagoz-Baxti temir yo‘l liniyasi va Qozog‘iston hamda Xitoy o‘rtasidagi chegara o‘tish punkti qurilishi, Astraxan-Mang‘istau suv quvurini modernizatsiya qilish kabi loyihalar.

Bundan tashqari, YETB boshqaruvi raisi Prezidentga shu yil 15 – 17 may kunlari Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi taraqqiyot institutlari assotsiatsiyasi (ADFIAP) yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishi haqida ma’lumot berdi. Yig‘ilishda dunyoning 40 davlatidan 80 dan ortiq rivojlanish institutlari, shuningdek, Qozog‘iston va Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro tuzilmalari, tarmoq vazirliklari ishtirok etib, mamlakat va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar iqtisodiyotiga sarmoya kiritish masalalarini muhokama qiladi.

Q-J. Toqayev Yevroosiyo taraqqiyot banki integratsiya jarayonlarida faol rol o‘ynashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bankning infratuzilmani modernizatsiya qilish va qurilish loyihalarida ishtirok etishi Qozog‘iston iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom