Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
12.05.2023
|
64
S.Japarov va A.Lukashenko o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti S.Japarov Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida Davlat rahbarlari bir-birlarini Qirg‘iziston va Belarus o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladilar.

O‘ttiz yil mobaynida mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va sheriklikka asoslangan do‘stona munosabatlar rivojlanib, ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalari izchil taraqqiy etmoqda.

S.Japarov asrlar sinovidan o‘tgan qirg‘iz-belarus xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda yetarlicha salohiyat mavjudligi xususida to‘xtaldi.

Qirg‘iziston va Belarus hamkorligini ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlarda mintaqaviy integratsiyalashuv va xalqaro tashkilotlar doirasida faollashtirish muhimligini qayd etdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom