21 yanvar kuni Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vaziri D.O‘zdemirning taklifiga binoan “Oziq-ovqat tizimini transformatsiyalash: ko‘plab inqirozlarga global javob” mavzusida Berlin agrar xo‘jaligi vazirlarining 15-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 70 nafar qishloq xo‘jaligi vazirlari va 14 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi 1926 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadbir har yili Berlinda “Xalqaro yashil haftalik” nomi ostida o‘tkaziladi.
Bu yil Xalqaro yashil haftalik 87 marotaba o‘tkazildi, unda 60 ta davlatdan 1400 nafar ishtirokchi turli oziq-ovqat mahsulotlari, uy hayvonlari, qoramollar, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnikalarini namoyish etdi. Ko‘rgazmaga 400 ming ta odam tashrif buyurishi kutilmoqda.
Tadbirda dunyoning turli mamlakatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, natijada hamkorlik va yashash uchun zarur mahsulotlarni sotish bo‘yicha yuzlab yangi shartnoma va bitimlar imzolanadi.
Berlindagi “Xalqaro yashil haftalik” ko‘rgazmasi 29 yanvarga qadar davom etadi.