Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
17.07.2023
|
58
Xatlon viloyati tadbirkorlari 7430 tonna qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qildi
Ma'lumotlarga ko'ra, Xatlon viloyati tadbirkorlari tomonidan shu yilning 4 iyuliga qadar 7 ming 430 tonna qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi. Bu haqda viloyati hokimiyati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 1956,8 tonna piyoz, 718 tonna poliz mahsulotlari, 1555 tonna uzum, 18 tonna limon, 3182,2 tonna boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi. Ushbu mahsulotlar asosan Qozog'iston, Pokiston, Afg'oniston, Rossiya, Turkiya va Belarusga eksport qilindi.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 11 mlrd. 953 mln. 703,5 ming somoniyga o'sib, bu o'tgan yilga nisbatan 675 mln. 159,2 ming somoniyga ko'p.

Umumiy hisobda, 2023 yilning 6 oyida viloyatda tovar ayirboshlash hajmi 6 mlrd. 250,4 mln. somonini tashkil etib, bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 116,9 foizga yoki 904,7 millionga ko'p. O'z navbatida, ushbu davrda tashqi savdo aylanmasi 226,4 mln. dollarga etdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom