Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
19.07.2023
|
63
Prezident Qasim-Jomart Toqayev Muhammad paygʼambar masjidini ziyorat qildi
Prezident Qasim-Jomart Toqayevning Saudiya Аrabistoni Podshohligiga amaliy tashrifi Islom dinida ikkinchi muqaddas joy hisoblangan Madina shahridagi Muhammad paygʼambar masjidini ziyorat qilishdan boshlandi.
Davlat rahbari Muhammad paygʼambarning qabrini ziyorat qilib, duo qildi. Qozogʼiston Prezidentining tashrifi munosabati bilan Paygʼambar dafn etilgan muqaddas dargoh eshigi alohida hurmat sifatida ochildi.
Qasim-Jomart Toqayev Jidda shahrida boʼlib oʼtadigan «Markaziy Osiyo – Koʼrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formatidagi davlatlar rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi.