Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
19.07.2023
|
50
Prezident S.Japarov amaliy tashrif bilan Jidda shahriga keldi
Prezident Sadir Japarov Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 18 iyul kuni amaliy tashrif bilan Jidda shahriga keldi.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʼra, Davlat rahbarini Jidda xalqaro aeroportida rasmiylar kutib oldi va oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Prezident Sadir Japarovni Makka shahri gubernatori Xolid bin Faysal Ol Saud kutib oldi.

Tashrif doirasida Davlat rahbari “Markaziy Osiyo – Koʼrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi. Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Tashrif doirasida Prezident Sadir Japarov Koʼrfaz arab davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom