Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
19.07.2023
|
60
Turkmaniston Prezidenti Saudiya Аrabistoniga tashrif buyurdi
Turkmaniston Prezidenti S.Berdimuhamedov “Markaziy Osiyo - Koʼrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” davlat rahbarlarining sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonining Jidda shahriga keldi.

Davlat rahbarini Podshoh Abdulaziz xalqaro aeroportida shahzoda Badr bin Sulton bin Abdulaziz, Makka viloyati hokimi oʼrinbosari Al-Mukarrama, Jidda viloyati kotibi Solih bin Ali At-Turkiy va boshqa rasmiylar kutib oldi.

19 iyul kuni Jiddada Koʼrfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi davlatlari va Markaziy Osiyoning beshta davlati – Turkmaniston, Oʼzbekiston, Tojikiston, Qirgʼiziston va Qozogʼistonning ilk sammiti boʼlib oʼtadi. Sammitda ikki tomon oʼrtasida turli sohalardagi hamkorlik va muvofiqlashtirishni mustahkamlash yoʼllari muhokama qilinadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom