Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
26.09.2023
|
61
Multimodal yoʼlak boʼyicha yuqori darajadagi ishchi guruhning birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi
Dushanbe shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IXT) shafeligida “Tojikiston – Oʼzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” (TOʼTET) + Xitoy multimodal yoʼlagi boʼyicha yuqori darajadagi ishchi guruhining birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Yuk tashishni koʼpaytirish va savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish, ayniqsa, dengizga chiqish imkoniyati boʼlmagan davlatlar uchun mazkur xalqaro tranzit yoʼlagini rivojlantirish va ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

“Bugungi kunda Tojikiston saʼy-harakatlari va Xitoy koʼmagida Shugʼnon viloyati maʼmuriy markazi – Qalay-Xumb – Vanj avtomobil yoʼlining uzunligi 92 km boʼlgan qurilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha TOʼTET multimodal koridorini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, — dedi Tojikiston transport vaziri А.Ibroxim.

А.Ibrohim Tojikiston jahon hamjamiyatining bir qismi sifatida barqaror savdo va iqtisodiy oʼsishga koʼmaklashish maqsadida xalqaro savdoni taʼminlashda transport-logistikani rivojlantirishga saʼy-harakatlarni amalga oshirayotganini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun: Tojikiston, Oʼzbekiston, Turkmaniston va Eron orqali Xitoydan Turkiyaga yuk tashishning yangi yoʼnalishi ilk bor 2022-yil 18-oktabr kuni Dushanbe shahrida boʼlib oʼtgan “Tojikiston va Rossiya oʼrtasidagi transport aloqalarini rivojlantirishda logistika va uning afzalliklari” xalqaro konferensiyasi doirasida taqdim etilgan edi. mintaqa mamlakatlari

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom