Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
27.09.2023
|
72
Tojikiston prezidenti telefon orqali muloqot qildi
Tojikiston Prezidenti E.Rahmon Bosh vazirning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi vaziri, Sug‘d va Xatlon viloyatlari, Kuhiston Maschox, Devashtich, Laxsh, Tojikistonobod, Rasht, Pyanj, Jayxun, Shahritus va Qubodiyon viloyatlari raislari bilan telefon orqali muloqot qildi. Viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ishlarining holati, ko‘rsatilgan viloyat va hududlarda qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ularning hisobotlari tinglandi.

E.Rahmon mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosarini, mazkur viloyat va tumanlar rahbarlariga 2023-2024-yillar qish mavsumini munosib darajada o‘tkazish, birinchi navbatda, aholi va ijtimoiy sohaga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishni topshirdi. Ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni qish mavsumiga o‘tkazish, paxta, kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlarini o‘z vaqtida yig‘ib olish, iste’mol bozorini o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar bilan ta’minlash mavzusiga aloxida etibor qaratdi.

Davlat rahbari kelgusi yil uchun har bir oila uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi urug‘larini zaxiralash masalasiga ham alohida to‘xtaldi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom