Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
28.09.2023
|
218
Hukumatda «G4 City» loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
Qozogʼiston Respublikasi Bosh vaziri Аlixan Smailov raisligida hukumatda boʼlib oʼtgan yigʼilishda Olmaota viloyatida «G4 City» loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Milliy iqtisodiyot vaziri Аlibek Kuantirov va Olmaota viloyati hokimi Marat Sultongaziev amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼruza qildi.

Muhokama yakunlari boʼyicha Bosh vazir vakolatli davlat organlariga bir qator topshiriqlar berdi.

Kontseptsiyaga koʼra, Olmaota va Qonaev oʼrtasidagi integratsiyalashgan «G4 City» toʼrtta tumandan iborat boʼladi:

Gate — biznes va moliya markazi;

Golden — taʼlim va tibbiyot markazlari;

Growing — sanoat va logistika markazlari;

Green — turizm klasteri.

Bahorda Olmaota viloyatida 30 ming gektar maydonga ega «G4 City» maxsus iqtisodiy zonasi tashkil etildi, uning amal qilish muddati 2048 yilgacha davom etadi.

Bu integratsiyalashgan shahar yaratish uchun ichki va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom