Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Turizmni rivojlantirish qoʼmitasida qoʼmita raisi Kamoliddin Moʼminzoda va «Diplomatic world» jurnali rahbari Barbara Ditrix oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi, unda turizmni rivojlantirish va mamlakat turizm imkoniyatlari boʼyicha hamkorlikni mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatning sayyohlik imkoniyatlarini, shu jumladan Tojikistonning tarixiy joylari, ekoturizm imkoniyatlari va boshqa sayyohlik joylarini targʼib qilish va ragʼbatlantirish yoʼnalishidagi hamkorlikni mustahkamlash toʼgʼrisida soʼz yuritdilar.
Tojikiston turizmi taraqqiyoti va imkoniyatlarini nufuzli xalqaro jurnallarda chop etish, targʼib qilish va ragʼbatlantirish sayyohlarning respublikaga eʼtiborini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.