Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
29.09.2023
|
35
Turkmaniston Tashqi Ishlar Vazirligida Guliston viloyatidan kelgan Eron delegatsiyasi bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Turkmaniston tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari Vepa Hojiev Turkmaniston mustaqilligining 32 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbirlari munosabati bilan Аshxobodda boʼlib turgan va Guliston viloyati xoqimi Аli Muhammad Zangana boshchiligidagi Eron Islom Respublikasining delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar Turkmaniston va Eron oʼrtasidagi ikki tomonlama oʼzaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladilar.

Shuningdek, Bolqon viloyati va Guliston viloyati oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-tranzit va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi, - deya xabar beradi Turkmaniston Tashqi Ishlar Vazirligi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom