Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
03.10.2023
|
57
Sadir Japarov Norin shahrida Oʼrmonxon haykalini ochdi
Sadir Japarov Oʼrmonxon tavalludining 230 yilligi munosabati bilan oʼrnatilgan haykalning ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Yodgorlik Qoʼchqor tumanidagi Semiz-Bel qishlogʼida oʼrnatildi.

"Davlat rahbari Oʼrmonxon Qirgʼiziston tarixida muhim oʼrin tutayotganini, qirgʼiz va qozogʼistonlik ekspertlar qirgʼiz nasabnomasi boʼyicha uni eʼtibordan chetda qoldira olmasligini taʼkidladi. Shuning uchun ham bobokalonimiz Oʼrmonxonning qirgʼiz xalqi mustaqilligi uchun kurashdagi jasur harakatini qadrlash kerak", - dedi davlat raxbari.

Prezident xalqqa xizmat qilgan buyuk ajdodlar izidan borishga tayyor tashabbuskor yoshlar koʼp boʼlishiga umid bildirdi.

"Xalqimizda doimo birlik va hamjihatlik, zaminimizda tinchlik boʼlsin! Xalqdan millat yaxlitligi haqida qaygʼuradigan, mustaqillik uchun kurashadigan Oʼrmonxon kabi oʼgʼillar chiqsin!"- deya xulosa qildi prezident.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom