Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
06.10.2023
|
68
Qosim-Jomart Tokaev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi
Davlat rahbarlari chinakam do'stlik va o'zaro hamkorlik ruhida rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlar holatidan mamnun ekanliklarini, shuningdek, ijobiy dinamikani yuqori darajada saqlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Qosim-Jomart Tokaev Qatar Qozog'istonning arab dunyosidagi strategik hamkorlaridan biri ekanini ta'kidladi. Prezidentning so'zlariga ko'ra, yaqinda Qatar Amirining tashrifi va Ostona xalqaro forumidagi ishtiroki Qozog'iston-Qatar hamkorligiga kuchli turtki bo'ldi.

Suhbat chog'ida ikki davlat rahbarlari ilgari imzolangan shartnomalar asosida savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, sheriklikni yanada kengaytirish yo'nalishlarini belgilab oldilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom