Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
06.10.2023
|
65
Turkmaniston va Liviya ilm-fan va ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi
Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Berdiniyoz Myatiev Liviya yoshlar ishlari vaziri Fatalloh Elzuni bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida.

Suhbat chog'ida fan, ta'lim, sport va yoshlar siyosati kabi sohalardagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, ikki davlat yoshlari o'rtasida turli forum va tadbirlar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom