Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
10.10.2023
|
384
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga ta’lim sohasi uchun grant asosida 7 million yevro (taxminan 7,4 million dollar) ajratdi.
Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston hukumatiga ta’lim sohasi uchun grant asosida 7 million yevro (taxminan 7,4 million dollar) o‘tkazdi. Bu 2023-2026 yillarda Qirg‘izistonda ta’limni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan ajratilgan 27 million yevroning (28,4 million dollardan ortiq) birinchi qismidir.

Ushbu dastur taʼlim sifati va talabalarni baholash tizimini yaxshilash, gender tengligi va koʻp tilli taʼlimni ragʻbatlantirish, davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishda koʻmak beradi. Moliya vazirligi ushbu transh mablag‘larini ta’lim sifatini yanada oshirish, darsliklar xarid qilish va barcha maktablarda internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minlashga yo‘naltirishni rejalashtirgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom