J.Elimanovning ma’lum qilishicha, 229 ta tahliliy materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga o‘tkazilgan, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning moliyaviy operatsiyalarini blokirovka qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Bu fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni internet orqali giyohvand moddalarni xarid qilishdan himoya qiladi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalaridan olingan daromadlarni legallashtirishda foydalanilgan 924 ta bank hisob raqamlariga kirish yopildi, kriptoaktivlardan foydalangan holda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha maxsus boʻlinma tashkil etildi, kripto-hamyonlarni hibsga olish va raqamli valyutani musodara qilish mexanizmi ishlab chiqildi. aylanmasi 17 mlrd tengedan (taxminan $35,6 mln) oshgan 9 ta noqonuniy kriptovalyuta faoliyati tugatildi.
K.-J. Tokaev agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator aniq topshiriqlar berdi. Prezident halol tadbirkorlikni himoya qilish, moliyaviy-iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish zarurligini alohida ta’kidladi