Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
11.10.2023
|
111
Bokuda Tojikiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi
Joriy yilning 9 oktabr kuni Boku shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 27-majlisi doirasida Tojikiston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari S.Muxriddin hamda J. Bayramov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda vazirlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy, savdo va sarmoyaviy aloqalarni, ayniqsa, gidroenergetika, transport, kommunikatsiya, qishloq xo'jaligi va turizm sohalarida rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi ta'kidlandi.

Shu bilan birga, Tojikiston va Ozarbayjonning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom