Qozog'istonlik Enbek Eri, “Abzal va K” hamkorligi asoschisi Abzal Eraliev Prezidentga o'z korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani va mintaqadagi yetakchi qishloq xo'jaligi tuzilmalari qatoridan joy olgani haqida ma'lum qildi. O'zining samarali faoliyati tufayli korxona o'z ona zamini ravnaqiga katta hissa qo'shayotganini ta'kidladi.
Prezident “Abzal va K” hamkorligi ko'magida barpo etilgan markaziy maydon va sport majmuasini ko'zdan kechirdi.
Sport majmuasida mahalliy aholi futbol, voleybol, stol tennisi va kurash bilan shug'ullanishi mumkin. Davlat rahbari shu yerda qishloq yoshlari bilan suhbatlashdi.
"Sport bilan shug'ullanishimiz kerak. Bu, ayniqsa, yoshlarimiz sog'lom va baquvvat bo'lib voyaga yetishi uchun zarur. Qozog'iston kelajagi sizning qo'lingizda. Yosh avlod sog'lom bo'lsa, davlat ham kuchli bo'ladi. Bu zaminda ko'plab kuchlilar yetishib chiqdi. Ishonchim komilki, kelajakda bu yerda yana ko'plab chempionlar yetishib chiqadi”, — dedi Qosim-Jomart Toqaev.
So'ng Prezident o'tgan yili barpo etilgan “Mehnat xiyoboni”da qishloq mehnatkashlari bilan uchrashdi. Davlat rahbari Qizilo'rda viloyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratayotganini ta'kidladi.
Uning so'zlariga ko'ra, hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda birdamlikni saqlash, Qozog'iston ravnaqi yo'lida fidokorona mehnat qilish juda muhim.
"Darhaqiqat, xalqimizga bugun mehnatkash insonlar juda muhtoj. Biz esa, birinchi navbatda, ularga munosib hurmat bilan qarashimiz kerak. Men sizni qo'llab-quvvatlayman, chunki siz taniqli qozoq guruch fermeri Ibray Jakaevning yo'lini davom yettirasiz", dedi prezident.
Qishloq ahli agrar tarmoq holatiga alohida e'tibor qaratilayotgani, davlat tomonidan doimiy ko'rsatilayotgan yordam uchun Prezidentga minnatdorlik bildirdi. Xususan, suv xo'jaligi vazirligi tashkil etilgani haqidagi xabarni mahalliy fermerlar katta ishtiyoq bilan kutib oldi. Shuningdek, qishloqda navqiron avlod uchun qulay sharoitlar yaratilgani, yosh mutaxassislar muvaffaqiyatli ish bilan ta'minlanayotgani ta'kidlandi.
Qosim-Jomart Tokaev yoshlar mehnatsevar, e'tiborli, vatanparvar bo'lishi zarurligini ta'kidlab, ularni bundan buyon ham qo'llab-quvvatlashga va'da berdi.