Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
08.01.2024
|
202
Turkmaniston Parijda energetika sohasiga sarmoya jalb qilish uchun forum o‘tkazadi
24—25-aprel kunlari Fransiya poytaxtida Turkmaniston energetika sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish boʻyicha Xalqaro forum boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi tadbir rasmiy sayti.

Forum “Turkmangaz” va “Turkmanneft” davlat konserni, “Turkmangeologiya” davlat korporatsiyasi, “Turkman forum” korxonasi va Britaniyaning GaffneyCline kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Turkmaniston energetika sanoatining barcha sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, energetika sohasini rivojlantirish maqsadida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Forumda yetakchi xalqaro energetika kompaniyalari vakillari va ekspertlar gaz va neftni qazib olish, qayta ishlash va tashish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom