Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
24.01.2024
|
114
Davlat rahbari Orol qutqarish xalqaro jamg'armasi Ijroiya qo'mitasi raisi Asxat Orazbayni qabul qildi
Uchrashuv davomida Prezidentga jamg'arma faoliyati va uning Qozog'iston raisligi davrida amalga oshirilishi lozim bo'lgan kelgusi yillardagi vazifalari to'g'risida ma'lumot berildi.

K.-J. Tokayev OQXJ ta'sischi davlatlarining o'zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, shu jumladan Markaziy Osiyoning suv – energetika resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha mintaqaviy hamkorlik mexanizmini yaratish, Orol dengizi havzasida suv resurslarini hisobga olish, monitoring qilish, boshqarish, taqsimlashning yagona avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish zarurligini ta'kidladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom